Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Tashkent International University hamda “Vatandoshlar” xalqaro jamoat fondi hamkorligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilayotgan loyihasini jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Tashkent International University rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim strategik hujjat ekanini alohida ta’kidladi. Strategik rejalashtirish jarayonida ilmiy tahlil, shaffoflik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash islohotlarning samaradorligi va barqarorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov ma’ruza bilan qatnashib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan jamoatchilik muhokamalarining ahamiyati, loyihani takomillashtirish jarayonida kiritilayotgan konseptual o‘zgarishlar va asosiy yangiliklar xususida batafsil ma’lumot berdi. Jamoatchilik, mutaxassislar va fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar tahlili asosida strategiya loyihasida shakllantirilayotgan ustuvor yo‘nalishlar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z taqdimoti orqali chuqur tahlil qilib berdi.
Ma’ruzada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, inson kapitali salohiyatini oshirish, institutsional islohotlarni chuqurlashtirish, samarali davlat boshqaruvini yo‘lga qo‘yish hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan yangilangan yondashuvlar strategiyaning asosiy mazmunini tashkil etishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mas’ullari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, AQSH, Saudiya Arabistoni hamda Qozog‘istondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar strategiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalar, shuningdek, natijadorlik va samaradorlik ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalarini ilgari surdilar.
Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining hayotiyligi, amaliy qiymati va ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda, hujjatni zamon talablari va xalqaro tajriba asosida yanada boyitish zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida jamoatchilik muhokamasi doirasida bildirilgan taklif va xulosalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilayotgan loyihasini ishlab chiqish va uning yakuniy tahririni shakllantirish jarayonida inobatga olinishi ma’lum qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati