“Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ullari, shuningdek siyosiy partiyalar faollari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatini “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov ochib, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida belgilangan islohotlar dasturlarida qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat boshqaruvini xalq xizmatiga yo‘naltirishga qaratilgan vazifalar mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi Nodir Jumayev o‘z chiqishida kelgusi yilda belgilanishi kutilayotgan vazifalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va davlat boshqaruvini xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tizim sifatida tashkil etish ustuvor yo‘nalish ekanini qayd etdi. Shuningdek, har bir islohotning amaliy natijasi mahallalar darajasida sezilishi jamiyat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekaniga e’tibor qaratildi.
Muhokamalarda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ustuvor vazifa sifatida belgilangani ta’kidlandi. Xususan, “Mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali har bir mahallada ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbus doirasida respublika bo‘ylab 10 mingdan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish, mahallalarda qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rni yaratish hamda aholi bandligi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazish vazifasi belgilangan.
Shuningdek, aholining davlat organlari bilan muloqotini yanada osonlashtirish maqsadida “OASIS” raqamli platformasini ishga tushirish, “Jamiyatdagi faollikni rag‘batlantirish” loyihasi orqali fuqarolarning mahalla hayotidagi ishtirokini kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat boshqaruvini raqamlashtirish yo‘nalishida yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlar va elektron servislar sonini 880 taga yetkazish, shuningdek davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimini joriy etish orqali gender tenglikni ta’minlash vazifalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, “Raqamli mahalla” elektron platformasi doirasida “Mahalla yettiligi” orqali mahallalarda aholini qiynab kelayotgan eng dolzarb tizimli muammolarni qamrab oluvchi yagona elektron reyestrni ishlab chiqish va ishga tushirish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Davra suhbati davomida Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ullari islohotlar dasturlari va Davlat dasturi loyihalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, partiya faollari va deputatlar o‘z fikr-mulohaza va takliflari bilan muhokamada faol ishtirok etdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati