Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ishlab chiqilayotgan islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan “Fikrlar marafoni” tashkil etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Inobatxon Hakimova ishtirok etib, talabalarga xalqaro amaliyotda strategiya va davlat dasturlarining ahamiyati, ulardagi maqsadli ko‘rsatkichlarning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilanayotgan ustuvor vazifalar, mahalla institutini mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtaldi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari, uning mamlakatning o‘rta muddatli rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilindi. Tadbir davomida islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashdagi ahamiyati tushuntirildi.
Fikrlar almashinuvi shaklida o‘tgan tadbirda talabalarning taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. “Fikrlar marafoni” yoshlar o‘rtasida strategik hujjatlarni targ‘ib qilish, huquqiy ong va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati