Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni yuzasidan iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan vazirlik jamoasiga strategiyaning mazmun-mohiyati, ustuvor yoʻnalishlari va belgilangan vazifalarning amaliy ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
Maʼlum qilinganidek, islohotlar dasturlari Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslar hamda 2026-yil uchun belgilangan eng ustuvor vazifalarni qamrab oladi. Ularda har bir tashabbusni amalga oshirish mexanizmlari, yil yakuni boʻyicha aniq natijalar va KPI koʻrsatkichlari belgilab berilmoqda. Shuningdek, har bir islohot uchun shaxsan javobgar rahbar va muvofiqlashtiruvchi tashkilot biriktiriladi.
Davlat dasturi esa “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, amaliy chora-tadbirlar rejasi hamda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Xususan, dastur bilan 337 ta banddan iborat amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, 2026-yilda sohalar kesimida eng muhim 59 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi va eng muhim strategik islohotlarni nazarda tutuvchi 12 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Tadbir davomida mahalla infratuzilmasini takomillashtirish, iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish, yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish, ekologik muvozanatni taʼminlash hamda davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish kabi ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari natijalari, fuqarolar va xorijdagi vatandoshlar tomonidan bildirilgan takliflar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, sud jarayonlarida xalq vakillari ishtirokini yoʻlga qoʻyish kabi tashabbuslar alohida qayd etildi.
Iqtisodiy oʻqish vazirlik xodimlarining islohotlar mazmun-mohiyatini chuqur anglashi, belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash va davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati