• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI BILAN HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI


"Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy delegatsiyasi rahbari Biljana Milosevic o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, ilmiy-tahliliy hamkorlikni kengaytirish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirishga kelishib oldilar.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Axborot xizmati