• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

SENAT QO‘MITASI VA “TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum parlament nazoratini ilmiy-uslubiy jihatdan mustahkamlash hamda qonun ijodkorligi sifatini oshirishga qaratilgan.

Ushbu hamkorlik parlament faoliyatini ilmiy-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni, qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirishni, qonunchilik jarayoniga ilmiy yondashuvni keng joriy etishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga, xalqaro munosabatlar va iqtisodiy diplomatiya masalalari yuzasidan konferensiyalar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etishda ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilishga eʼtibor qaratiladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Axborot xizmati