Joriy yilning 13-15-aprel kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Lund universiteti (Shvetsiya) tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropaning 30 dan ortiq yetakchi oliy taʼlim muassasalari, tahlil markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan qoʻshma loyiha doirasida xalqaro seminar tashkil etildi.
Xalqaro tadbirda Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Chexiya Respublikasi, Latviya, Yaponiya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tahlil markazlari va akademik hamjamiyatlar vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi davlat boshqaruvi sohasidagi tadqiqotlarning metodologik va nazariy asoslarini muhokama qilish uchun mutaxassislar forumini tashkil etish hamda maʼmuriy islohotlar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish sohalarida Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashinuvini taʼminlash boʻldi.
Xalqaro tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonida jamoatchilik ishtiroki va tahliliy markazlarning oʻrni” mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi. Maʼruzada mamlakatimizda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, shuningdek, tahliliy markazlarning davlat, jamiyat va ekspert hamjamiyati oʻrtasidagi muhim koʻprik sifatidagi oʻrni haqida fikr yuritdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda islohotlar jarayoni tobora koʻproq dalillarga asoslangan, jamoatchilik ishtirokiga tayangan va natijaga yoʻnaltirilgan yondashuvlar asosida rivojlanib bormoqda. Bu esa jamoatchilik fikrini eshitish, uni tahlil qilish va amaliy qarorlarga tatbiq etish mexanizmlarini yanada mustahkamlashni talab etadi. Shu jihatdan, mazkur jarayonda xalqaro muloqot va tajriba almashuv platformalari ham alohida ahamiyatga ega.
Tadbirda davomida Markaz boʻlib boshligʻi Farrux Xakimov Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat boshqaruvini raqamlashtirish, xususan, elektron hukumat tashabbuslarini amalga oshirish orqali samarali boshqaruv tizimini joriy etish hamda mintaqaviy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari haqida maʼruza qilib, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyalari doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida taqdimot qildi.
Xalqaro tadbirda Lund Universitetining Huquq sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti va “POLCA” loyihasining bosh koordinatori Rustamjon Urinboyev hamda loyihaning ishtirokchi tashkilotlaridan vakillar, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov qoʻshma tadqiqot loyihasining dolzarbligi, ahamiyati va uning doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar, asoslangan takliflar va tashabbuslar mamlakatlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga katta hissa qoʻshishi mumkinligini taʼkidladi.
Shu nuqtayi nazardan, bunday xalqaro seminarlar qoʻshni davlatlar va Yevropaning yetakchi tahlil markazlari hamda akademik muassasalari bilan tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati