“Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasining Istanbul shahriga amaliy tashrifi doirasida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov Biruni universiteti rektori, professor doktor A. Yuksel bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot jarayonida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilinib, oʻzaro manfaatli sheriklikning yangi imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Jumladan, akademik va institutsional aloqalarni yanada mustahkamlash, amaliy hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini belgilab olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Aytish kerakki, bugungi global oʻzgarishlar va zamonaviy taraqqiyot tendensiyalari sharoitida oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlar oʻrtasidagi yaqin hamkorlik tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunday hamkorlik bilim va tajriba almashish, ilmiy muloqotni kengaytirish, ilgʻor yondashuvlarni oʻrganish hamda uzoq muddatli va barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu maʼnoda, mazkur uchrashuv kelgusida yanada tizimli, maqsadli va istiqbolga yoʻnaltirilgan munosabatlarni shakllantirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Tashrif doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Biruni universiteti oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Oʻzaro hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ushbu hujjat qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashishni kengaytirish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy va tashkiliy asos boʻlib xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati