2026-yilning 7-8-may kunlari Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopye shahrida “Oʻzgarishlarga yetakchilik: demografik barqarorlik yoʻlida insonga yoʻnaltirilgan yondashuvlar” mavzusida demografik barqarorlik boʻyicha II Mintaqaviy vazirlar konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yuqori darajadagi xalqaro anjuman BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) hamda Shimoliy Makedoniya hukumati hamkorligida tashkil etilgan boʻlib, unda 30 dan ortiq mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.
Jumladan, Shimoliy Makedoniya davlati rahbarlari – Prezident Gordana Silyanovska-Davkova, Bosh vazir Xristian Miskoski hamda Parlament Raisi Afrim Gashi demografik barqarorlik boʻyicha II Mintaqaviy vazirlar konferensiyasi ochilish marosimida nutq soʻzlab, muhokamalar jarayonida ishtirokchilar, jumladan, Oʻzbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan muloqotda boʻldi.
Xalqaro anjumanning asosiy maʼruzachilari tomonidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi demografik oʻzgarishlarni samarali boshqarishga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqish, shuningdek, demografik xavf-xatarlarga nisbatan inson huquqlari va tahliliy maʼlumotlarga tayangan kompleks siyosatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya doirasida mintaqadagi asosiy demografik masalalar, xususan, tugʻilish darajasining pasayishi, migratsiya jarayonlari va aholining qarishi, shuningdek, mehnat bozorlari, ijtimoiy himoya tizimlari, davlat xizmatlari hamda mavjud infratuzilmaga tushayotgan yuklama koʻrib chiqildi. Oʻz oʻrnida, maʼruzachilar tomonidan Markaziy Osiyoning demografik salohiyati yuqori baholanib, mintaqa davlatlarida mehnatga layoqatli aholi soni 2050-yilga borib 71 million nafarga yetishi prognoz qilinayotgani qayd etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Yevropa Ittifoqi koʻmagida tashkil etilgan “Demografik tendensiyalar va davlat siyosati: tahdidlardan barqarorlikka” mavzusidagi vazirlar panel muhokamasida maʼruza qildi. Muhokamani UNFPAning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Florens Bauer olib bordi. Panel muhokamasida, shuningdek, Moldova Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Natalia Plugaru, Serbiya Oila parvarishi va demografiya vaziri Yelena Zarich, Ukraina Ijtimoiy siyosat, oila va birlik vazirligining bosh direktori Serhii Sobchuk hamda “Ameria” va “Population Europe” tahlil markazlari rahbarlari taqdimotlar qilishdi.
Eldor Tulyakov oʻz nutqida Oʻzbekistonda demografik barqarorlik masalasi uzoq muddatli milliy taraqqiyotning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralayotganini taʼkidladi. Qayd etilganidek, yosh va jadal oʻsib borayotgan aholiga ega mamlakat demografik salohiyatni barqaror iqtisodiy oʻsish omiliga aylantirish maqsadida taʼlim, kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining demografik jarayonlarni iqtisodiy taraqqiyot, inson kapitalini rivojlantirish, urbanizatsiya, migratsiyani tartibga solish hamda ekologik barqarorlik bilan uygʻunlashtiruvchi muhim strategik hujjat sifatidagi ahamiyatiga alohida urgʻu berildi. Tahlil va ishonchli maʼlumotlarga asoslangan yondashuvlarni keng joriy etish, xususan, 2050-yilgacha boʻlgan milliy va mintaqaviy demografik prognozlarni ishlab chiqish hamda soʻnggi 30-yildan ziyod vaqt mobaynida ilk bor aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish muhim ekani taʼkidlandi.
Demografik siyosatni amalga oshirishda taʼlim, bandlik, sogʻliqni saqlash, migratsiya, gender tenglik, shaharsozlik va samarali moliyalashtirish sohalari oʻrtasida muvofiqlikni taʼminlash zarurligi qayd etildi. Taʼkidlanganidek, demografik barqarorlikka erishish davlat boshqaruvining barcha darajalarida samarali muvofiqlashtirishni, ishonchli statistik maʼlumotlar bazasini shakllantirishni hamda institutsional va byudjet mexanizmlarini “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga moslashtirishni talab etadi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi konferensiyaning demografik siyosatni amalga oshirishning amaliy jihatlariga bagʻishlangan tematik muhokamalarida ham ishtirok etdi. Tadbirning ikkinchi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi Shohjahon Yusupov Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida oʻtkazilgan “Transformatsiya sharoitida aholini qoʻllab-quvvatlash siyosati” mavzusidagi panel sessiyasida maʼruza qildi.
Demografik barqarorlik boʻyicha II Mintaqaviy vazirlar konferensiyasi doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bir qator uchrashuvlar oʻtkazib, xalqaro hamkorlarni mamlakatimizdagi islohotlar jarayoni, xususаn, yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ahamiyati, strategiyaning qabul qilinishi va uning amalga oshirilishida ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillarining faol ishtiroki haqida xabardor qildi. Jumladan, Markaz rahbarining UNFPA Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Florens Bauer bilan uchrashuvi davomida yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda uning doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va belgilangan strategik maqsadlar UNFPA faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari bilan uygʻun ekanligi eʼtirof etildi.
Mazkur xalqaro anjumanda Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki demografik kun tartibini strategik rivojlanish rejalariga integratsiya qilish hamda milliy va xalqaro uygʻunligida demografik oʻzgarishlarga samarali javob berish sohasida xalqaro hamkorlar bilan tajriba almashish imkonini berdi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning inklyuziv va maʼlumotlarga asoslangan demografik siyosatni amalga oshirish, inson kapitalini mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida UNFPA va boshqa xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni yanada kengaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati