Torun shahrida bo‘lib o‘tgan XIII Xalqaro Osiyo kongressi doirasida biznes forum va “O‘zbekiston investorlari kuni” tashkil etildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashdi.
Tadbir mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasi tomonidan Osiyo va Tinch okeani jamiyati, Polsha investitsiyalar va savdo agentligi hamda Nikolay Kopernik universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Forumda Polsha Tashqi ishlar, Taraqqiyot va texnologiyalar, Fan va oliy taʼlim vazirliklari, Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi, Torun shahar meriyasi rahbariyati hamda ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.
Tadbir doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes muhiti, soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Forum davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati, yangi istiqbolli yo‘nalishlar, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va eksport salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tadbirda Polshaning qator yetakchi kompaniyalari vakillari ham ishtirok etib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va mamlakatimizda yaratilgan biznes muhiti haqida ijobiy fikr bildirdi. Xususan, sanoatni modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, logistika, farmatsevtika va ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik imkoniyatlari yuqori ekani taʼkidlandi.
Forum doirasida O‘zbekistonning investitsiya salohiyati hamda erkin savdo zonalari faoliyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, Polshaning salohiyatli kompaniyalari bilan “B2B” va “G2B” formatlarida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tadbir ishtirokchilari joriy yilning 16–19 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga katta qiziqish bildirdilar.
Tadbir yakunida qabul marosimi tashkil etilib, mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari taqdim etildi. Shu bilan birga, mamlakatimizning boy madaniy merosi, milliy anʼanalari va turizm salohiyati namoyish qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati