• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

OʻZBEKISTONNING POLSHADAGI ELCHIXONASIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Varshava shahrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Oʻzbekistonning Polshadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amirsaid Agzamxodjayev hamda elchixona masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi yoʻnalishlari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qoʻshma tashabbuslar va hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.

Davra suhbatida Eldor Tulyakov ishtirokchilarga yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, strategiyaning har bir ustuvor yoʻnalishi, ular doirasida belgilangan vazifalar hamda mamlakat taraqqiyoti uchun ahamiyati atroflicha yoritildi.

Tadbir yakunida tomonlar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, Polshaning siyosiy, ilmiy va akademik doiralari vakillarini keng jalb etgan holda qoʻshma tadbirlar va loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati