“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi tomonidan joriy yilning 6-7-iyun kunlari Shanxay shahrida “Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlarining yangi bosqichi: umumiy qarash va umumiy kelajak” mavzusida ilk bor “10+10” formatidagi Oʻzbekiston va Xitoy yetakchi tahlil markazlari forumi tashkil etildi.
Forumda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti, Progressiv islohotlar markazi rahbariyatidan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Xitoy tomonidan Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi, Xitoy xalqaro tadqiqotlar instituti, Xitoy Tijorat vazirligi huzuridagi Xalqaro savdo va iqtisodiy hamkorlik akademiyasi, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasining Xalqaro munosabatlar instituti hamda Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi, Pekin universitetining Xalqaro va strategik tadqiqotlar instituti, Fudan universitetining Xitoy iqtisodiy tadqiqotlar markazi va Amerika tadqiqotlari markazi, Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Siyosat va xalqaro munosabatlar instituti, Shanxay xalqaro tadqiqotlar institutining Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi, KIMEP universitetining Xitoy va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbarlari va Shanxay xorijiy tillar universiteti huzuridagi boshqa tahlil markazlari ekspertlari, nufuzli Xitoy universitetlaridan akademik doira vakillari va siyosatshunos-tahlilchilari ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikning istiqbollari, milliy strategik hujjatlar — “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Xitoyning 2026-2030-yillarga moʻljallangan besh yillik dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonlari va belgilangan ustuvor vazifalar, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy bogʻliqlik, xavfsizlik va barqarorlik masalalari hamda 2030–2050-yillarga moʻljallangan uzoq muddatli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Mazkur yuqori darajadagi platforma ikki mamlakat tahlil markazlari va universitetlari oʻrtasidagi institutsional hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro anglashuvni chuqurlashtirish hamda amaliy siyosiy muloqotni rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov forum muhokamalarida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, mazkur hamkorlik ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydonda koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Shuningdek, Eldor Tulyakov ishtirokchilarga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, barqaror taraqqiyot maqsadlari hamda Xitoy bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekistonning yondashuv va ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbarining qayd etishicha, ikki davlat oʻrtasida ekspertlik, ilmiy-tahliliy va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot markazlari, akademik muassasalar va ekspertlar hamjamiyatlari oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish barqaror taraqqiyotni taʼminlash, mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi qoʻshma tashabbuslarni ishlab chiqishga salmoqli hissa qoʻshishi taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, Xitoy tomoni vakillari Oʻzbekiston–Xitoy munosabatlarining rivojlanish surʼatlarini yuqori baholab, oʻzaro ishonch va asosiy hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha amaliy hamkorlikning bugungi darajasini alohida qayd etdilar. Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-taʼlimiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash har ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga mos kelishi taʼkidlandi.
Xitoylik ekspertlar Oʻzbekiston va Xitoy tahliliy markazlari hamda akademik muassasalari oʻrtasidagi muloqotni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirib, dolzarb mintaqaviy va global chaqiriqlarga javob topish boʻyicha yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish muhimligini qayd etdilar.
Aytish kerakki, forum ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan mazmunli fikr almashish uchun samarali maydon boʻlib xizmat qildi. Ishtirokchilar muntazam ekspertlar muloqotini davom ettirish muhimligini taʼkidlab, erishilgan kelishuvlar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati