Joriy yilning 8-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Shanxay shahriga tashrifi doirasida Xitoyning yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy tashkilotlari rahbariyati bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Xususan, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Shanxay akademiyasi rahbariyati, jumladan akademiya vitse-prezidenti Van Syaosya ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Taʼkidlash joizki, Shanxay akademiyasi Xitoyning yetakchi tahliliy markazlaridan biri hisoblanib, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, mintaqaviy tadqiqotlar va ijtimoiy fanlar kabi keng yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib boradi.
Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston–Xitoy hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini, jumladan akademik, ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Shanxay akademiyasining Oʻzbekistonning yetakchi tahliliy markazlari va ekspertlik tuzilmalari bilan hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy konferensiyalar va ekspertlar seminarlarini tashkil etish masalalari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida Hamkorlik memorandumini tayyorlash va imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi, mazkur hujjat tahliliy nashrlar, qoʻshma tadbirlar, tadqiqot loyihalari, ekspertlar maslahatlashuvlari hamda oʻzaro tashriflarni yoʻlga qoʻyish uchun mustahkam asos yaratadi.
Shu bilan birga, tashrif doirasida, Fudan universitetining “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi va global boshqaruv tadqiqotlari instituti rahbariyati, Institut direktorining oʻrinbosari Din Chun ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur institut global boshqaruv masalalari hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini amalga oshirish jarayonlarini oʻrganishga ixtisoslashgan Xitoyning yetakchi tadqiqot tashkilotlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv doirasida tomonlar ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy sohalardagi Oʻzbekiston–Xitoy hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek ikki mamlakat tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Barqaror rivojlanish, transport-logistika yoʻlaklarini takomillashtirish, energetika, suv resurslarini samarali boshqarish hamda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, tematik tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek akademik va ekspertlik almashinuvlarini rivojlantirishni oʻz ichiga olgan kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati