• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

AMUDARYO TUMANIDA PREZIDENT HUJJATLARI IJROSI VA “OGʻIR” MAHALLALARDAGI ISHLAR OʻRGANILDI

Prezident hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakili ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida oʻrganishlar oʻtkazildi.

Oʻrganishlar davomida tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosining holati tahlil qilindi.

Maʼlum qilinishicha, Amudaryo tumanida jami 49 ta mahalla mavjud boʻlib, shundan 8 tasi “ogʻir” toifadagi mahallalar sifatida belgilangan. Joriy yilning 10–12-iyun kunlari Qoramon, Qum yop, Nazarxon, Oʻzbekiston, Uyshin, Yuqori qishloq, Jumur ovul va Jumurtov mahallalarida aholi turmushiga taʼsir koʻrsatayotgan asosiy masalalar oʻrganildi. Xususan, yoʻl infratuzilmasi holati, ichimlik va oqar suv taʼminoti, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolar tahlil qilindi.

“Ogʻir” toifadagi mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan har bir mahalla uchun 3 milliard soʻmdan mablagʻ ajratilgan. Mazkur mablagʻlar doirasida yoʻllarni taʼmirlash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, transformatorlar oʻrnatish va suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu ishlar samaradorligini baholash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Jamshid Sharipov ishchi guruh tarkibida hududlarga chiqib, “Ogʻir mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganishlar yakuni boʻyicha aholi murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni hal etish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda aholi bandligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat