• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

POLSHANING “AMBASSADOR” JURNALI BOSH MUHARRIRI BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Polshaning “Ambassador” nashriyotining bosh muharriri Ada Kjeviska bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi yangilanish jarayonlari haqida xalqaro jamoatchilik xabardorligini oshirish, oʻzaro muloqotni mustahkamlash va Oʻzbekiston hamda Polsha oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati