• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

TURKIYANING STRATEGIK TADQIQOTLAR MARKAZI RAISI BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

Аnqara shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi — SAM raisi Ramazan Erdagʻ bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya tahlil markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat, mintaqaviy xavfsizlik, strategik prognozlash va xalqaro jarayonlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, bugungi murakkab xalqaro vaziyatda tashqi siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, mintaqaviy va global tendensiyalar boʻyicha ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini sifatli ekspertlik materiallari bilan taʼminlash juda muhim.

Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston va Turkiya tahlil markazlarining doimiy ekspertlik muloqotini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma davra suhbatlari, tahliliy nashrlar va ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama faol hamkorlikni izchil olib borish, ekspertlar almashinuvi va qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati