• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

AVRASIYA TADQIQOTLARI MARKAZI BILAN EKSPERTLIK MULOQOTINI KENGAYTIRISH MASALALARI KOʻRIB CHIQILDI

Anqara shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasining Turkiyaning Avrasiya tadqiqotlari markazi (AVİM) direktori, elchi Alev Kilich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya tahlil markazlari oʻrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy jarayonlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar olib borish, ekspertlik muloqotlarini kengaytirish hamda akademik nashrlar va konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Markaziy Osiyo va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi dinamikasi hamda ularning kelgusi rivojlanish tendensiyalari haqida fikr almashdilar. Suhbat davomida iqtisodiy integratsiya jarayonlari, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va barqaror taraqqiyotga xizmat qiluvchi hamkorlik mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilganidek, global va mintaqaviy miqyosdagi oʻzgarishlar Markaziy Osiyo, Turkiya, Janubiy Kavkaz hamda Yevroosiyo makonida kechayotgan jarayonlarni har tomonlama tahlil qilishni taqozo etmoqda. Bu esa dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda tahlil markazlarining oʻrnini yanada kuchaytirmoqda.

Uchrashuv davomida tahlil markazlari oʻrtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish, qoʻshma tadqiqot loyihalari, ekspertlar almashinuvi, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirish, bilim va tajriba almashish koʻlamini kengaytirish hamda kelgusida qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati