Joriy yil 15–18-iyun kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Jizzax viloyatida Prezidentning PF–22-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi oʻtkazildi.
Oʻrganishlar Baxmal tumani, Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahrida tashkil etilib, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, transport, ekologiya va qishloq xoʻjaligi sohalari qamrab olindi.
Monitoring davomida davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi oʻrganildi. Xususan, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, aholini profilaktik tibbiy koʻriklar bilan qamrab olish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratish hamda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ekspertlar maktablar, oliy taʼlim muassasalari, tibbiyot tashkilotlari, mahallalar va transport obyektlarida boʻlib, yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda baholadi. Shu bilan birga, aholi va mutasaddi tashkilotlar vakillarining fikr-mulohazalari ham oʻrganildi.
Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, qator yoʻnalishlarda belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanayotgan boʻlsa-da, ayrim sohalarda infratuzilma, xizmatlar sifati va aholiga maʼlumot yetkazish bilan bogʻliq masalalar oʻz yechimini kutayotgani maʼlum boʻldi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati