• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

2026-yil 25-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda AQShning “The Asia Foundation” tashkiloti Strategik hamkorlik bo‘yicha direktori Josh Fridman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati, yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar davlat boshqaruvini takomillashtirish, tahliliy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda islohotlar samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, qo‘shma tahliliy loyihalar, ekspertlar ishtirokidagi tadbirlar, bilim almashish tashabbuslari va ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati