“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 13–17-iyul kunlari Fargʻona viloyatida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganishga qaratilgan monitoring tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Monitoringdan koʻzlangan asosiy maqsad – hududlarda belgilangan vazifalarning qanday amalga oshirilayotganini oʻrganish, davlat dasturlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
Tadbirlar doirasida Fargʻona viloyati hokimligida davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida amaliy muloqot tashkil etildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, viloyat hokimligi masʼullari va hududiy davlat tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.
Ishtirokchilarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy gʻoyasi, ustuvor yoʻnalishlari hamda mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan maqsadlari yuzasidan maʼlumot berildi. Shuningdek, Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari, mahalliy hokimliklar va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Muloqot chogʻida har bir hududning rivojlanish koʻrsatkichlari, aholini qiynayotgan masalalar va ularni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama markazida boʻldi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini natijaga yoʻnaltirish, ijroni muntazam baholash va monitoring natijalari asosida aniq choralar belgilab borish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Tadbirda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali davlat dasturlari ijrosining ochiqligi va samaradorligini taʼminlash, aholi bilan muloqotni yanada faollashtirish hamda joylarda aniqlanayotgan muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ham fikr yuritildi.
Uchrashuv yakunida monitoring tadbirlari davomida shakllantiriladigan taklif va tavsiyalar tegishli davlat organlariga kiritilishi, ular asosida hududlardagi islohotlar ijrosini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqilishi belgilandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati