Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbariyati va ekspertlari, xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda tegishli davlat organlari masʼullari ishtirok etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz nutqida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni, uning ustuvor yoʻnalishlari hamda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Shuningdek, Strategiyada belgilangan maqsadlarga erishish faqat davlat idoralari faoliyati bilan cheklanmasligi, bu jarayonda jamoatchilik tashabbuslari, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy Kengashlarning faol ishtiroki islohotlar samaradorligini taʼminlovchi muhim omillardan biri ekaniga alohida eʼtibor qaratildi.
Davra suhbatida Strategiyaning 83-maqsadi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat dasturlari ijrosidagi ishtirokini kengaytirish hamda jamoatchilik nazoratining amaliy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning hududlardagi ijrosini baholashda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy Kengash deputatlarining ishtiroki, aholi fikrini oʻrganish va amaliy takliflarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Uchrashuv yakunida mazkur yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan takliflar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati