2026-yil 16-iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida AQSHning Hudson Institute tahliliy markazi katta ilmiy xodimi Ken Moriyasu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov mehmonni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, uni amalga oshirish jarayoni hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy natijalari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Afg‘onistondagi vaziyat hamda bugungi geosiyosiy jarayonlarga oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash hamda ekspertlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati