Joriy yilning 21-iyul kuni Pekin shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston taraqqiyoti” fotoko‘rgazmasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbirda davlat idoralari, ekspert-tahliliy markazlar hamda diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ham qatnashdi.
Fotoko‘rgazmani O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi maslahatchi-vakili Saidkamol Agzamxodjayev ochib berdi va O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyevning murojaatini o‘qib eshittirdi.
Murojaatda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ilgari surilgan g‘oyalar izchil amalga oshirilayotgani, mamlakatda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan ShHT Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev O‘zbekiston tashkilot faoliyatiga yillar davomida munosib hissa qo‘shib kelayotganini qayd etib, mamlakatning ShHT doirasidagi izchil va konstruktiv siyosatini yuqori baholadi. Shuningdek, u 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilgan ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi ko‘p qirrali hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim voqea bo‘lganini ta’kidladi.
Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov nutq so‘zlab, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, raqamlashtirish, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Rasmiy marosimdan so‘ng mehmonlarga O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyotini, shuningdek, O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasidagi “har qanday sharoitdagi har tomonlama strategik sheriklik” munosabatlarining rivojini hamda mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi faoliyatini yorituvchi 60 ga yaqin fotosurat taqdim etildi. Shuningdek, Toshkent shahrida ochilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan ShHT Kotibiyatiga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomlari, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan xitoy tilida nashr etilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘plami sovg‘a qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati