Joriy yil 6-avgust kuni Toshkent shahridagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti (SBUMIPTK) “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim dasturiy hujjat ekanini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, strategiyada inson qadrini yuksaltirish, kuchli va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish, zamonaviy ta’lim va sifatli tibbiy xizmatlarni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda samarali va xalqparvar davlat boshqaruvini shakllantirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Shuningdek, strategiyani amalga oshirishning yangi mexanizmlari, jumladan, maqsadli ko‘rsatkichlar asosida natijadorlikni baholash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda islohotlarning joylardagi ijrosini monitoring qilish tizimi haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan amalga oshirilayotgan tahliliy va monitoring ishlari, strategiya mazmun-mohiyatini aholiga sodda va tushunarli shaklda yetkazish borasidagi axborot-tushuntirish faoliyati ham alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilarga strategiyada nazarda tutilgan maqsad va vazifalarning mazmuni, ularning fuqarolar hayotiga bevosita ta’siri hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining amaliy ijrosi, unda yoshlarning o‘rni, ta’lim tizimini rivojlantirish hamda zamonaviy kasb-hunar egalarini tayyorlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tib, ishtirokchilarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar, ularning amaliy ahamiyati hamda islohotlar jarayoni haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkonini berdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” Markazi Axborot xizmati.