Namanganda davlat dasturlari va strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi Namangan viloyati boʻlinmasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbariyati va masʼul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, Kengash kotibiyati va adliya boshqarmasi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari, mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov taʼkidlaganidek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi aholi farovonligini taʼminlash va inson qadrini yuksaltirishdan iborat.
— Aholi farovonligini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish va davlat boshqaruvida ochiqlikni taʼminlash faqat davlat organlarining saʼy-harakatlari bilan cheklanib qolmasligi kerak. Bu jarayonda aholi, vakillik organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega, — dedi Eldor Tulyakov.
Muloqotda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining 83-maqsadi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat dasturlari ijrosidagi ishtirokini kengaytirish hamda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Taʼkidlanganidek, strategik maqsadlarga erishishda jamoatchilik tashabbuslari va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki islohotlarning manzilliligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois mahalliy darajada nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat organlari va Kengashlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim.
Davra suhbati davomida davlat organlari, mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat