21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining I yarim yillik natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Yuksalish” harakati rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda strategiya doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Matbuot anjumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uning ijrosini taʼminlovchi 2026-yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joylardagi amaliy natijalarini jamoatchilik ishtirokida oʻrganish boʻyicha olib borilgan monitoring natijalari haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, Prezidentning PF–21 va PF–22-son farmonlari asosida Markaz zimmasiga davlat dasturlari va strategik hujjatlar ijrosini joylarda jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganish, shuningdek, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish vazifalari yuklatilgan.
Ushbu vazifalar doirasida may–iyul oylarida uchta hududda jamoatchilik monitoringi oʻtkazilib, 38 ta obyekt bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Monitoringda mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda 49 ta mahalliy NNT ishtirok etdi.
Oʻrganishlar taʼlim va tibbiyot muassasalari, mahallalar, jamoat transporti bekatlari hamda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan obyektlarni qamrab oldi.
Eldor Tulyakov taʼkidlaganidek, monitoringning asosiy maqsadi vazifalarning bajarilgan yoki bajarilmaganini qayd etish emas, balki strategiya doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning aholi hayotida qanday natija berayotganini baholashdan iborat boʻldi.
Monitoring natijalari hududiy dasturlarni shakllantirishda real ehtiyojlarni hisobga olish, rasmiy hisobotlarni joylardagi haqiqiy holat bilan solishtirish, natijalarni raqamli tasdiqlash va ijro intizomini kuchaytirish zarurligini koʻrsatdi.
Shuningdek, bandlik, mikroloyihalar va yangi ish oʻrinlari boʻyicha natijalarni qayta tekshirish imkonini beruvchi elektron reyestrlarni shakllantirish, ijtimoiy obyektlarni baholashda esa faqat ularning soni yoki xizmat qamrovi emas, balki xizmat sifati, xavfsizligi va aholi uchun qulayligini asosiy mezon sifatida belgilash muhimligi qayd etildi.
Anjuman davomida strategiya maqsadlariga erishishda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrniga ham alohida eʼtibor qaratildi. Monitoringda 49 ta mahalliy NNTning ishtiroki muammolarni aholi va jamoatchilik nuqtai nazaridan ham baholash imkonini bergani taʼkidlandi.
Shu nuqtai nazardan, kelgusida NNTlarni strategiya va davlat dasturlari ijrosini mustaqil baholash, aholi fikrini oʻrganish va amaliy takliflar ishlab chiqish jarayonlariga yanada keng jalb qilish muhimligi qayd etildi.
Matbuot anjumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini baholashda asosiy eʼtibor bajarilgan ishlar yoki sarflangan mablagʻlar soniga emas, balki ularning aholi turmush sifatiga qanday amaliy natija berayotganiga qaratilishi lozimligi taʼkidlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi strategiyaning joylardagi ijrosini jamoatchilik ishtirokida oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish ishlarini davom ettiradi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati