2026-yil 25-avgust kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlikda tadbirlar tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida qabul qilinayotgan davlat dasturlarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish, samarali boshqaruv, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tengligi, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda bilim va tajriba almashish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladigan hamda oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish boʻyicha kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati