2026-yil 8-sentabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Germaniyaning Hanns Zaydel jamg‘armasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Konstantin Blashke hamda jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari Ruslan Ramanov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Markaz va jamg‘armaning faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Eldor Tulyakov “Taraqqiyot strategiyasi” markazining islohotlarni ekspert-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalari haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, Konstantin Blashke Hanns Zaydel jamg‘armasining Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi faoliyati, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalari va kelgusidagi rejalashtirilgan dasturlari haqida so‘z yuritdi.
Shu nuqtai nazardan, Hanns Zaydel jamg‘armasining “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan mahalliy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, zamonaviy texnologiyalar, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ekspertlar almashinuvi hamda malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yish, o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish hamda xalqaro va mahalliy tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati