2026-yil 16–22-sentabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti tomonidan “Yosh olimlarni tayyorlash bo‘yicha Yevroosiyo dasturi” o‘tkazildi.
Mazkur xalqaro dasturda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Xolbekov va bosh mutaxassisi Fotihjon Qodirov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Rossiya, Moldova, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va boshqa mamlakatlarning yetakchi tahliliy hamda tadqiqot tashkilotlaridan jami 40 nafardan ortiq ekspertlar qatnashdi.
Dastur yosh ekspertlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot almashinuvini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va professional muloqotni kengaytirishga qaratildi. Tadbir doirasida Xitoyning iqtisodiy, ekologik va raqamli rivojlanish modeli, Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi hamkorlik jarayonlari kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar, interaktiv muhokamalar va amaliy tashriflar tashkil etildi.
Xususan, dastur ishtirokchilari Xitoyning Guychjou va Chjetszyan provinsiyalariga tashrif buyurib, mazkur hududlarning taraqqiyotini namoyon etuvchi zamonaviy texnologik, raqamli, ekologik va madaniy obyektlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Dastur turli mamlakatlar tahliliy va tadqiqot hamjamiyatlari o‘rtasida professional muloqotni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati