• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

XITOYDA ÖZBEKISTON PREZIDENTI KITOBINING TAQDIMOTI BÖLIB ÖTDI

Pekin şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning xitoy tilida naşr etilgan “Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida” nomli kitobining taqdimoti bölib ötdi. Tadbirda Xitoyning siyosiy, ilmiy-akademik va ekspert doiralari vakillari, xalqaro taşkilotlar mutasaddilari hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijroçi direktori Eldor Tulyakov iştirok etdi.

Xitoyning nufuzli “Jenmin” naşriyotida çop etilgan sakkiz bobdan iborat kitobda Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, mamlakatning strategik taraqqiyot yönalişlari, taşqi siyosiy taşabbuslari va xalqaro hamkorlik masalalari yoritilgan.

Naşrdan davlatimiz rahbarining nutq va maʼruzalari, xalqaro maydonlarda ilgari surgan taşabbuslari, şuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan intervyu va maqolalari örin olgan.

Kitobda “Özbekiston yirik islohotlar jarayonida”, “Özbekiston va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti”, “Özbekiston va Şanxay hamkorlik taşkiloti”, “Markaziy Osiyo – Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişi”, “Mintaqaviy boğliqlik”, “Özbekiston global barqaror taraqqiyot uçun”, “Özbekiston va global xavfsizlik” hamda “Iqtisodiy diplomatiya” kabi mavzular qamrab olingan.

Yangi Özbekiston islohotlari xalqaro ekspertlar eʼtiborida

Taqdimotda Xitoyning siyosiy, ilmiy-akademik va ekspert doiralari vakillari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi faolligi va ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanişiga yuqori baho berdilar.

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Lyu Xaysin mazkur kitobning naşr etilişini ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladigan muhim voqea sifatida baholadi.

Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi prezidenti Fu Syaotsyan esa kitob Yangi Özbekistondagi islohotlarning strategik mazmunini tuşuniş, mamlakatning içki özgarişlari va taşqi siyosiy maqsadlarini örganişda muhim manba ekanini taʼkidladi.

Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi örinbosari Pyao Yanfan Özbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlaş, inson huquqlarini himoya qiliş va aholi turmuş darajasini oşirişga qaratilgan islohotlar mamlakatning xalqaro nufuzi hamda iqtisodiy jozibadorligini oşirişga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Özbekiston taşqi siyosatining strategik yönalişlari

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijroçi direktori Eldor Tulyakov Prezident Şavkat Mirziyoyevning kitobida ilgari surilgan taşqi siyosiy qaraşlar yuzasidan maʼruza qildi.

U öz çiqişida asarda mamlakat taraqqiyoti, qöşni davlatlar farovonligi va xalqaro hamkorlik örtasidagi uzviy boğliqlik izçil oçib berilganini taʼkidladi.

Xususan, kitobda inson qadrini yuksaltiriş tamoyilining taşqi siyosatda ham öz ifodasini topgani, diplomatiyaning amaliy natijalari aholi daromadlarini oşiriş, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş va munosib turmuş şaroitlarini yaratiş bilan çambarças boğliqligi qayd etildi.

Maʼruzada Özbekistonning BMT va Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi taşabbuslari, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş, mintaqaviy boğliqlikni rivojlantiriş hamda iqtisodiy diplomatiyani kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, 2023-yilda Sian şahrida bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitida milliy taraqqiyot strategiyalarini uyğunlaştiriş va yetakçi tahlil markazlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş taşabbuslari ilgari surilgani eslatib ötildi.

Şuningdek, Xitoyning kambağallikni qisqartiriş borasidagi tajribasi, “Intellektual ipak yöli” platformasini yaratiş, “Yaşil ipak yöli” doirasidagi hamkorlik hamda qayta tiklanuvçi energetika sohasidagi istiqbolli yönalişlar tahlil qilindi.

“Asarning sakkiz bobini birlaştiruvçi asosiy ğoya şundaki, inson farovonligi, milliy taraqqiyot, mintaqaviy işonç va xalqaro masʼuliyat bir-biridan ajralmasdir”, — deya taʼkidladi Eldor Tulyakov.

Markaz rahbarining fikriça, mazkur kitob xitoylik olimlar uçun milliy taraqqiyot strategiyalari va xalqaro taşabbuslar örtasidagi boğliqlikni örganişda, tadbirkorlar uçun esa ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlarini angla şda muhim manba bölib xizmat qiladi.

Özbekiston–Xitoy strategik şerikligining yangi istiqbollari

Bugungi kunda Özbekiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, transport-logistika, energetika, taʼlim, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar kabi köplab yönalişlarda izçil rivojlanmoqda.

Ayniqsa, ikki mamlakatning strategik taraqqiyot maqsadlarini uyğunlaştiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş va zamonaviy texnologiyalar almaşinuvini jadallaştiriş hamkorlikning istiqbolli yönalişlari hisoblanadi.

Şu nuqtayi nazardan, Prezident Şavkat Mirziyoyevning xitoy tilida çop etilgan kitobi Özbekistondagi islohotlar, mamlakatning uzoq muddatli rivojlaniş maqsadlari va xalqaro taşabbuslari haqida Xitoy jamoatçiligiga yanada kengroq maʼlumot beriş imkonini yaratadi.

Naşrda yoritilgan strategik yondaşuvlar “Özbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor yönalişlari bilan hamohang bölib, mamlakatning barqaror iqtisodiy ösiş, inson kapitalini rivojlantiriş, ekologik barqarorlik va samarali davlat boşqaruviga qaratilgan siyosatini tuşunişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida” kitobining Xitoyda naşr etilişi va taqdimoti Yangi Özbekistonning taraqqiyot yölini xalqaro miqyosda keng taniştiriş, ikki davlat örtasidagi özaro işonç va strategik şeriklikni mustahkamlaş, şuningdek, ilmiy-ekspertlar hamkorligini rivojlantirişga xizmat qiladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati