Avval xabar berilganidek, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi delegatsiyasi Yevropa davlatlarida ishchi tashrif bilan xizmat safarida boʻldi. Jumladan, joriy yilning 1–3-iyul kunlari Markaz vakillari Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib, eng avvalo, Bundestagda faoliyat olib borayotgan qator partiyalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazishdi.
Dunyo miqyosida katta nufuzga ega boʻlgan Bundestag Germaniyaning parlamenti boʻlib, qonunlar qabul qilishdan tashqari xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish, Federal kansler va sudyalarni saylash, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini nazorat qilish, davlat byudjetini tasdiqlash kabi muhim funksiyalarni ham bajaradi.
Ana shunday ulkan salohiyatga ega boʻlgan Germaniya parlamentida yetakchi oʻrin tutuvchi bir nechta partiyalar vakillarining «Taraqqiyot strategiyasi» markazi delegatsiyasi bilan muloqot qilishga boʻlgan qiziqishlari bu, birinchi navbatda, bugun Oʻzbekistonda yangi bosqichda izchil kechayotgan demokratik oʻzgarishlar va jamiyat hayotida yuz berayotgan yangilanish jarayonlari bilan bogʻliq, albatta.
Jumladan, Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi/Xristian-sotsial ittifoqi (ХDI/ХSI) partiyalari alyansida Bundestag deputatlik byurosi rahbari janob Filipp Shmidt, «Ittifoq 90/Yashillar» partiyasidan deputat janob Otmar fon Xolts, «Germaniya uchun muqobil» partiyasidan deputat janob Markus Fronmayer, Bundestag parlament maslahatchisi, Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert janob Andreas Yan bilan yuzma-yuz muloqotlar samimiy va konstruktiv ruhda kechdi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz taqdimotlari orqali nemis parlamenti vakillarini bugungi kunda Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, jumladan, Harakatlar strategiyasi hamda joriy yildagi «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi doirasida hayotga joriy etilayotgan amaliy saʼy-harakatlarning natijalari bilan yaqindan tanishtirdi.
Bu oʻrinda qonun ustuvorligini taʼminlash, parlament nazorati, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha tajriba almashish, shuningdek, turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda parlamentlararo ikki tomonlama hamlorlikni mustahlamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvlarda Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, qonunchilik, sud-huquq tizimini isloh qilish masalalari hamda nemis va oʻzbek xalqlari manfaatlarini taʼminlashda har ikki davlat parlamentining doʻstona aloqalari dolzarb ahamiyatga ega ekanini tomonlar yakdillik bilan eʼtirof etdilar.
Germaniyalik parlamentariylar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, xususan, ochiqlik siyosati, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni yuqori baholashdi va islohotlar samaradorligini taʼminlashda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan doimiy hamkorlikka tayyor ekanliklarini bayon etishdi.
Oʻz navbatida, Markaz rahbari Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrsatilgan yuksak eʼtibor va samimiy hurmat uchun minnatdorchilik bildirib, jahon hamjamiyatida eng yuqori oʻrinlardan birida turuvchi Bundestag bilan hamkorlik taraqqiyotning strategik maqsadlariga erishishida salmoqli oʻrin tutishini taʼkidladi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston va Germaniya parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Bundestag bilan hamkorlik boʻyicha «Oʻzbekiston – Germaniya» guruhi, Bundestagda esa «Germaniya Federativ Respublikasi – Markaziy Osiyo» guruhi faoliyat koʻrsatmoqda. «Taraqqiyot strategiyasi» markazining mazkur oliymaqom parlament bilan kelgusidagi hamkorligi esa «2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan vazifalarning sifatli va samarali ijrosiga xizmat qiladi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati