• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

VINCHENSO VALENTI: O‘ZBEKISTONNING SAYYOHLIK VA TARIXIY-MADANIY SALOHIYATI HAQIDA MA’LUMOT BERUVCHI TARQATMA MATERIALLARGA EHTIYOJ OSHMOQDA

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov Osiyo va Afrika O‘rta yer dengizi instituti Bosh kotibi janob Vinchenso Valenti va «Italiya – O‘zbekiston» do‘stlik va hamkorlik assosiatsiyasi vitse-prezidenti professor Magda Pedache xonim bilan uchrashdi.

Vinchenso Valenti so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda qo‘lga kiritilgan ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga yuksak baho berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «iqtisodiyotning barqaror o‘sishi mamlakatning xalqaro reytinglarda sezilarli ravishda yuqorilashiga turtki bo‘ldi». Ta’kidlandiki, Italiya ishbilarmon doiralari O‘zbekistonda investitsion loyihalarda ishtirokini yanada kengaytirishdan manfaatdor.

Muloqot chog‘ida mintaqaviy savdo, transport va tranzit bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida o‘zaro siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida takliflar ilgari surildi.

Oshiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar. Bunda tomonlar munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Vinchenso Valenti ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlik maqsadida O‘zbekiston va Italiyaning siyosiy ekspert va bisness doiralari vakillari ishtirokidagi forumlarni muntazam ravishda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. U birinchi yig‘ilishni joriy yilning noyabr oyida Italiyada, 2020-yilning bahorida esa O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

Uchrashuv davomida Italiya tomoni Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan qiziqqanlarga yetarli darajada ma’lumot berish uchun O‘zbekistonnig sayyohlik va tarixiy-madaniy salohiyati haqida ma’lumot beruvchi tarqatma materiallarga ehtiyoj yuqoriligini bildirishdi.

Umuman olganda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Italiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda va u mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun xizmat qilishi mumkin.

Uchrashuv yakunida Osiyo va Afrika Ўрта O‘rta yer dengizi instituti va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati