«Taraqqiyot strategiyasi» markaziga «Prezident X» Xitoy yoshlar dasturi ishtirokchilari tashrif buyurishdi. Xitoy Хalq Respublikasining (ХХR) turli oliy o‘quv yurtlaridan 20 nafardan ziyod talabaning Toshkent shahriga safaridan ko‘zlangan maqsad, xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari va an’analari, shuningdek, iqtisodiyot hamda siyosiy rivojlanishni chuqur o‘rganishdan iborat.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov mehmonlarni samimiy qutlab, bugungi kunda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar serqirra ekanini qayd etdi. Shuningdek, davlat darajasida ko‘plab loyihalar, xususan, ta’lim sohasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u berildi.
Markaz mutaxassislari xitoylik talabalarni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, o‘rta muddatli istiqboldagi maqsad va vazifalari, shuningdek, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan Davlat dasturlari monitoringi natijalari bilan tanishtirdilar. Uchrashuv davomida xorijlik talabalarga Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari haqida videorolik taqdim etildi.
O‘z navbatida, Markaz direktori E.Tulyakov O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiy, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida Markaz mutaxassislari tomonidan qonunchilikni isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, turizm, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga oid berilgan ma’lumotlar xitoylik talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Muloqot davomida «Hi China» yoshlar ittifoqi prezidenti Lyu Si xonim «Taraqqiyot strategiyasi» markazi rahbariyatiga samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, O‘zbekistonga tashrif buyurgan ushbu guruhning maqsad va vazifalari haqida batafsil so‘zlab berdi.
Delegatsiya tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan ko‘plab uchrashuvlarda o‘zaro aloqalar faollashgani va qo‘shma dastur hamda hamkorlikdagi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashrif o‘z yakuniga yetgach, ХХR talabalari O‘zbekistonga investitsiya qilishning eng foydali jihatlari, ishbilarmonlik muhiti va xorijiy kompaniyalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida o‘z yurtdoshlari uchuh ma’lumot va tavsiyalar tayyorlaydilar.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati