Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori, Qonunchilik palatasi deputati Eldor Tulyakov shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turibdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Buyuk Britaniyalik hamkorlar va London shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, O‘zbekistonda barcha sohalarda olib borilayotgan yangi bosqichdagi islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini, bu yilgi saylovning ahamiyatini xalqaro jamoatchilik vakillariga yetkazishdan iborat.
Delegatsiya a’zolari tashrif doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Prezidenti janob Suma Chakrabarti bilan uchrashdilar. Samimiy muloqot chog‘ida O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, ayniqsa, iqtisodiyotni liberallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, kichik biznes sub'yektlari, xususiy tadbirkorlik va xususiy mulkchilikni faol qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar, mustahkamlanayotgan tashkiliy-huquqiy asoslar haqida YETTB rahbariga batafsil so‘zlab berildi.
O‘z navbatida, janob Suma Chakrabarti mehmonlarni o‘z shtab-kvartirasida qutlar ekan, mamlakatda kechayotgan bugungi jarayonlarni qiziqish bilan kuzatib borayotganini e’tirof etib, O‘zbekiston Prezidentining yangi yo‘nalishdagi siyosati va islohotlarini yuqori baholadi.
Darhaqiqat, bugun Davlatimiz rahbari tomonidan qat’iy olib borilayotgan yangilangan ochiq ichki va tashqi siyosat natijasida O‘zbekiston YETTB tomonidan moliyalashtirilayotgan 40 ga yaqin davlat orasida 7-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘i bilan yaqinda YETTBning Andijonda vakolatxonasi ochilgani, yaqin kelajakda Urganch va boshqa yirik shaharlarda ham shunday vakolatxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani mintaqalarning ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. YETTB rahbari bugun nafaqat poytaxt Toshkent shahrida, balki mamlakatning barcha mintaqalarda ham ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganidan xabardor ekanini ta’kidlab, YETTB tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor qaratilaverishini ma’lum qildi.
E’tirof etish joiz, 2017-yilning noyabr oyida YETTB vakolatxonasi Toshkentdagi faoliyatini tiklaganidan so‘ng o‘zaro munosabatlarning mutlaqo yangi davri boshlandi. 2018-yilda bank tomonidan mamlakatimizga qariyb 400 mln. yevro miqdorida mablag‘ ajratildi. Bugungi kunga kelib esa YETTB tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyot sektorlarida 70 ta loyihaga 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritildi. Bular mazkur bank va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tarixida maksimal darajadagi yillik mablag‘dir. YETTB tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida chora-tadbirlar, bank kreditlarining so‘mda berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, milliy valyutamiz mavqeini mustahkamlash va barqarorligini saqlash barobarida, bugun O‘zbekiston amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar mohiyati bilan uyg‘unligi diqqatga sazovordir.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar YETTB bilan O‘zbekiston Respublikasining hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish xususida kelishib oldilar.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov ishtirok etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati