• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: O‘zbekiston 2021-2023 yillarda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylovlarda o‘z nomzodini ilgari suradi


2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish vazifasi 267-bandda belgilangan edi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Nyu-York va Jeneva shaharlaridagi BMTga a’zo mamlakatlar vakolatxonalariga O‘zbekiston o‘z nomzodini ilgari surishi haqida rasmiy nota yuborildi.

– Inson huquqlariga bag‘ishlangan 20 dan ortiq yirik tadbirlarda, shu jumladan 2018-yilning 27-fevralida Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Osiyo davlatlari tadbirida va 26 fevral kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha segmenti yig‘ilishi kabi yirik tadbirlarda rasmiy bayonot berildi.

– Nyu-york va Jeneva shaharlaridagi BMTga a’zo mamlakatlar vakolatxonalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surilmoqda.

– Bir qancha mamlakatlar bilan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida notalar almashinildi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha segmentining 40-sessiyasi tadbiri doirasida Afg‘oniston, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Qatar, Malayziya, Pokiston, Slovakiya, Ukraina va Chili davlatlari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

2019-yil 17-fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish bo‘yicha TIVning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylov 2020-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

BMT Kotibiyatiga Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 2021-2023 yillar uchun ilgari surilayotgan O‘zbekiston Respublikasi nomzodini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish va tashkilotning “Candiweb” elektron sahifasida yoritish bo‘yicha nota yuborildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 30-sentabrda “2019-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga O‘zbekiston Respublikasi nomzodini ilgari surish bo‘yicha siyosiy-diplomatik chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi 
Аxborot xizmati