2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS) ishtirokini ta’minlash maqsadida Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish vazifasi 213-bandda qayd etilgandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan Ta’lim inspeksiyasi o‘rtasida O‘zbekistonning Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA 2021 tadqiqotlarida ishtirok etish haqidagi kelishuv imzolandi.
PISA tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston uchun metodik yordam, so‘rovlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, imkoniyatlarni tahlil qilish, salohiyatni oshirish va loyihani amalga oshirish rejalari, mamlakat uchun o‘z loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish, milliy sifat nazorati va dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER) IHTT tomonidan boshqa davlatlar qatori O‘zbekiston uchun ham biriktirildi.
2019-yilning 13 fevral kuni Ta’lim inspeksiyasi rahbariyati va Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achievement) ijrochi direktori Andrea Netton hamda Moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Roel Burgers o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon bankining ta’lim sektori yetakchi mutaxassisi Janssen Taixeira va bankning O‘zbekistondagi vakillari ham qatnashishdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistonning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PIRLS-2021 dasturida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuvning samarasi o‘laroq PIRLS-2021 dasturi asosida O‘zbekiston maktablaridagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik darajasi xalqaro miqyosda sinovdan o‘tkaziladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Аxborot xizmati