• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: CALL-CENTR`DAN TORTIB, INTERAKTIV XIZMATLARGACHA – XORIJDAGI O‘ZBEKISTONLIKLAR UCHUN QATOR QULAYLIKLAR YARATILDI

Harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 258 bandida: Xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik muassasalari tomonidan davlat xizmatlari va huquqiy yordam berish tizimini takomillashtirish belgilangan edi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonning xorijdagi fuqarolari va mamlakatimizga tashrif buyurish istagida boʻlgan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlarni yanada qulay, tezkor hamda masofadan turib koʻrsatish boʻyicha keng imkoniyatlar yaratildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining barcha xorijiy vakolatxonalarida modernizatsiya qilingan elektron navbatga turish tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Xorijdagi vakolatxonalarga murojaat qiluvchi Oʻzbekiston fuqarolariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Onlayn toʻlov” tizimi boʻyicha xizmatlar yoʻlga qoʻyildi.

“Fuqarolikdan chiqishni rasmiylashtirish”, “Xorijga doimiy yashash uchun chiqishni rasmiylashtirish”, “Oʻzbekiston Respublikasidan hujjatlarni talab qilib olish” , “Vaqtinchalik konsullik roʻyxatga olish”, “Doimiy konsullik roʻyxatga olish”, “Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish” kabi xizmatlar elektron shaklga oʻtkazildi.

Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik muassasalari tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish va davlat xizmatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, Rossiyadagi fuqarolarimiz uchun “call-centr” xizmati joriy qilindi. Endilikda fuqarolarimizning masofadan turib zaruriy maʼlumotlarni telefon orqali olish imkoniyatlari yanada takomillashtirildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati