• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: XORIJIY MAMLAKATLARNING OTMLARI FILIALLARI VA QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI TASHKIL ETILDI

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 220-bandida xorijiy mamlakatlarning OTMlari filiallari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilgandi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizdagi 100 dan ortiq universitetlar yuqori malakali kadrlar tayyorlamoqda. O‘zbekistonda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Singapur va Hindistonning yetakchi universitetlarining filiallari samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, moliyaviy institutlar va dunyoning rivojlangan davlatlari bilan birgalikda oliy ta’lim sohasida qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. So‘nggi ikki yilda mamlakatimizda 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi.

2019-yilda tashkil etilgan xorijiy OTMlar:

– 2019-yil 7-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 18-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 11-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 15-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 20-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan hamkorlikda xalqaro fakultetni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 8-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport,yoshlar va turizim universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasinigng filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 4-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “MEI” milliy tadqiqot universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 7-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 19-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 23-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

– 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

2019-yilning birichi choragida Ukrainaning “Днепропетровск политехника” milliy texnika universiteti va Navoiy konchilik instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, mazkur oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik va ilmiy faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati