2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy-o‘quv jarayoni sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha vazifalar 226-bandda belgilangandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining bino va inshootlari bo‘yicha qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati (tarmoq jadvali) ishlab chiqilgan.
Ro‘yxat o‘rnatilgan tartibda kelishish uchun vazirlik huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasining 2019-yil 10-yanvardagi 01/01-25-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va 2019-yil 10-yanvardagi 01/01-26-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga kiritilib, rasmiylashtirilgan.
Hozirgi kunda vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining bino va inshootlarini qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha 2019- yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni mazkur manzilli ro‘yxatda belgilangan reja asosida bajarilmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi 20 ta oliy ta’lim muassasalarining 30 ta bino va inshootlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari uchun 390,1 mlrd. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Xususan, 7 ta oliy ta’lim muassasasining 9 ta obyekti bo‘yicha (2018-yildan 2019-yilga o‘tuvchi), 13 ta oliy ta’lim muassasalarining 21 ta bino va inshootlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur obyektlarda qurilish-tiklash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Jumladan:
5 ta yangi qurilish, shundan:
- 2220 o‘rinli 2 ta o‘quv korpusi;
- 1000 o‘rinli 3 ta talabalar turar joyi.
13 ta rekonstruksiya, shundan:
- 10347 o‘rinli 9 ta o‘quv binolari;
- 1270 o‘rinli 4 ta talabalar turar joyi.
12 ta kapital ta’mirlash, shundan:
- 6 ta o‘quv binolari;
- 4 ta talabalar turar joyi binolari;
- 1 ta madaniyat saroyi;
- 1 ta sport zal.
Joriy yil 25-dekabr holatiga 30 ta obyekt 390,1 mlrd. so‘m (100%) miqdorida moliyalashtirilib, 24 ta obyekt foydalanishga topshirilgan. Qolgan 6 ta obyekt yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar hisoblanadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati