2020-yilning 15-yanvar kuni Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori tomonidan xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu davra suhbati Davlat rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aks etgan ustuvor yo‘nalishlar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Quyida tadbirda ishtirok etgan AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel ROZENBLYUMning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
- Bugungi tadbir davomida Prezidentning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 27 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqining bazi bir muhim jihatlariga e’tibor qaratildi. Shuni ta’kidlashim lozimki, Prezidentning nutqi meni nihoyatda ruhlantirdi. U ma’ruzasida mamlakatingizda amalga oshirilayotgan islohotlarning aynan jadal ravishda olib borilayotganini inobatga olgan holda erishilgan natijalarni yana qanday qilib saqlab qolish, ilgari surish va takomillashtirish muhim degan bir g'oyani ilgari surdi. Sud-huquq tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish bilan bog'liq chora-tadbirlar nihoyatda bir murakkab va keng ko'lamli harakatlarni talab etadi. Iqtisodchilarimizning tilida aytib o'tganda, butun bir huquq ustuvorligini ta'minlash uchun ekotizimni shakllantirish va uni takomillashtirish talab etiladi. Sud-huquq sohasida ham iqtisodiyot sohasida ham talab va taklif tomoni bor. Biz o'zimizni tashkilotimiz haqida gapirar ekanmiz, O'zbekiston hukumati bilan ko'proq taklif tomon bilan ishlab kelayapmiz. Ya'ni, sud-huquq tizimida taklif deganda – sud organlari, huquq sohasida o'z xizmatlarini ko'rsatib kelayotgan barcha mutasaddi tashkilot va idoralarni nazarda tutamiz. Talab tomoni sifatida aynan fuqarolik jamiyatini nazarda tutamiz. Hozirda biz Oliy sud, Adliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirliklari bilan birgalikda ishlab boryapmiz va ularni taklif tomoni deb aytamiz. Bundan tashqari, kelgusida biz nafaqat taklif tomoni bilan, balki talab tomoni bilan ham ishlashni ko'zda tutganmiz. Jamiyat nimani talab qilayapti, demak jamiyat huquq ustuvorligini o'rnatish va ta'minlashni talab qilayapti. Keyinchalik biz ushbu maqsadlarga erishish uchun fuqarolik jamiyati tashkilotlari va OAVlar bilan ishlashni rejalashtirganmiz. Ushbu soha nafaqat biz uchun balki boshqa xalqaro tashkilotlar uchun ham yangi soha hisoblanadi. Bunda biz aholining, keng jamoatchilikning huquqiy bilimi, xabardorligi va savodxonligini oshirish masalalarida ishlaymiz. O'zbekiston Prezidenti ta'biri bilan aytganda, odamlarning huquqiy savodxonligini oshirish bog'cha yoshidan boshlanish kerak. Davlat rahbari yana, – huquqiy bilim onalarning farzandlariga kuylab berayotgan allalarida o'z aksini topishi lozim, – degan fikrni ilgari surgan edilar. Bu o'ziga xos chiroyli fikr bo'ldi deb o'ylayman. Kelgusida AQSH kabi mamlakatlar sud-huquq sohasida faoliyat yuritayotgan organ va tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlashdan manfaatdor deb o'ylayman.
Sud-huquq sohasida AQSh tajribasiga to'xtaladigan bo'lsam, umuman olganda qonun ustuvorligini ta'minlash konsepsiyasi Amerika hayotida nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Lekin u konsepsiya Amerikaning o'zida ham tahminan 240 yil oldin paydo bo'lgan va bu konsepsiyaga asos solgan shaxslarga nisbatan aynan mamlakatimizga asos solgan otalar deb murojaat qilamiz. Avvalambor, bu konsepsiya – huquq vakili bo'lmish insonlar kamchilikni, xalq esa ko'pchilikni ifodalaydi degan bir fikrdan kelib chiqqan. Hukumatda bo'lgan kamchilik o'zining manfaatlarini ilgari surish, himoyalash va amalga tadbiq etish yo'lida ko'pchilikning manfaatlariga zid va qarshi ravishda harakatlanishi mumkin. Shuning uchun ham biz mamlakatimiz gullab-yashnashi va barqaror rivojlanishi uchun hukumatda alohida bir shaxslarni, yetakchilarni qo'llab-quvvatlashimiz emas, balki mamlakatda huquq ustuvorligini ta'minlovchi tizimlarni shakllantirishimiz kerak va bu tizimlarni amalga tadbiq etishimiz lozim, degan hulosaga kelganmiz. AQSH bu sohada nihoyatda katta, ko'p yillik, ko'p asrlik tajribaga ega desam mubolag'a qilgan bo'lmayman. Lekin, shunga qaramasdan, bugungi tadbirda ishtirok etgan Fransiya, Germaniya kabi boshqa mamlakat vakillari ham aytib o'tganidek, ular ham nihoyatda ulkan tajribaga ega va O'zbekiston bilan o'zining eng ilg'or tajribalarini o'rtoqlashishga tayyor. Shuning uchun ham men O'zbekiston hukumati va xalqini AQSH va boshqa mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasidan keng foydalanishi hamda yurtingiz sharoitlarini inobatga olgan holda amalga tadbiq etishiga chaqirib qolaman.