• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

GYUNTER OVERFELD: SUDLAR MUSTAQILLIGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BILAN CHAMBARCHAS BOG‘LIQ

2020-yilning 15-yanvar kuni Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori tomonidan xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu davra suhbati Davlat rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aks etgan ustuvor yo‘nalishlar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Quyida tadbirda ishtirok etgan Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gyunter Overfeldning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

- Germaniya O‘zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarni 10 yildan ortiq davr mobaynida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Aytishim kerakki, sud tizimidagi islohotlarning aynan O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilganlari tizimdagi ko‘p elementlarning faqat bittasi emas, balki butun islohot jarayonining markazida joylashgan bir unsur deb hisoblayman.

Prezident o‘z ma’ruzasi shuni aytib o‘tdiki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar siyosatining muvaffaqiyati ko‘p holatlarda aynan Konstitutsiyaga amal qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash bilan bog‘liq. Haqiqatdan ham bu yo‘nalishda ko'p ishlar amalga oshirildi. Jumladan, sud xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Harakatlar strategiyasi, davriy hisobotlarni ishlab chiqish bo'yicha tadbirlar juda muhim hisoblanadi.

Biz shunday bosqichga keldikki, nafaqat O‘zbekistonda balki butun xalqaro hamjamiyatda haqiqatdan ham o‘tmishni unutib, mana shu yilning boshida ochilayotgan imkoniyatlaridan foydalanib, yangi zamin yaratishga ya’ni konstruktiv munosabatlarni tuzishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida bosh qotirilsa bunday harakatlar barchamizning manfaatlarimizga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, iqtisodiy yo‘nalishga to‘xtaladigan bo‘lsam, bu sohada ham keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlar, xususan, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun nihoyatda muhim. Ushbu hujjatni sog'liqni saqlash, kommunal xizmatlar va boshqa sohalarda ham amalga tadbiq etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Bizningcha kelgusida e’tiborni sudlarning mustaqilligini ta’minlash borasida yanada ko‘proq ishlarni olib borishga qaratish lozim. Chunki sudlar mustaqilligi korrupsiyaga qarshi kurashish bilan chambarchas bog‘liq. Va nafaqat sudlar faoliyatida, balki umuman huquq tizimini takomillashtirishda va advokatura institutini yanada takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Albatta, Prezident Sh.Mirziyoyev o‘z nutqida 33 milliondan ko‘proq aholi istiqomat qilayotgan mamlakatda 4 mingta advokat borligini va shundan 60 foizi 50 yoshdan oshgan, ular orasida 30 yoshga to‘lmagan yoshlar 70 nafarga ham yetmasligini qayd etdi. Albatta bunday holat advokatlarning yangi avlodini tayyorlashni talab etadi. Agarda mamlakatda yetarli darajada advokatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, umuman barcha sohada vujudga keladigan muammolarni samarali ravishda yechish imkoni yaratiladi.