2020-yilning 15-yanvar kuni Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori tomonidan xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu davra suhbati Davlat rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aks etgan ustuvor yo‘nalishlar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Quyida tadbirda ishtirok etgan BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena FREYZERning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
- Haqiqatdan ham O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida o‘z xalqiga ajoyib nutq bilan murojaat qildi. Aytishim kerakki, ayni damda mamlakatingizda bo‘layotgan barcha islohotlar u iqtisodiy-ijtimoiy hayotda yoki sud-huquq tizimida bo‘ladimi, ular albatta xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
Jamoatchilik nazorati – o‘ziga xos kuchli mexanizm. Aynan u mavjud islohotlarning davomiyligini ta’minlab beruvchi vositadir. Shuning uchun ham nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari xodimlarining balki oddiy xalqning ham huquqiy ongini shakllantirish zarur deb hisoblayman. Chunki insonlar qanchalik o‘z xaq-huquqlarini yahshi bilishsa, shunchalik qonun buzilish holatlari ro‘y bermaydi. Aytishim kerakki, bu borada OAVning o‘rni juda salmoqli. Chunki aynan ular qonun ustuvorligi yo‘lida qabul qilinayotgan yangi normalarni xalqqa yetkazib beruvchi eng muhim manba hisoblanishadi.
O‘zbekiston 2019-yilda BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga o‘z hisobotini taqdim etdi. Albatta bu ham mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. Sababi, aynan mana shu kabi hisobotlarda davlatlarga amaliyotga keng joriy etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab tavsiyalar beriladi. Bugungi anjumanda ham qator xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirok etishdi. Mana shu kabi uchrashuvlarda ko‘p bora ta‘kidlanyaptiki, O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘ldan ketayapti va biz uning shu yo‘sinda davom etib muvaffaqqiyatga erishishini tilab qolamiz.