2020-yil 15-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi tomonidan «Hindiston respublika kunini nishonlamoqda – 2020: Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar» mavzuiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Hindiston diplomatik korpusi vakillari, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi mas’ullari, har ikki mamlakatning ko‘zga ko‘ringan, taniqli ekspertlari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston va Hindiston xalqlarini ko‘p asrlik madaniy, savdo-iqtisodiy aloqalar bog‘lab turishi ta’kidlandi. Shu asnoda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy bazasi, eng avvalo, 2014-yil may oyida imzolangan «Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Asosiy mintaqaviy va global masalalarni hal etishga yondashuvlarning o‘xshashligi xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarning o‘zaro hamkorligining ishonchli asosidir. Hindiston hukumati O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadal ta’minlashga, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Hindiston respublikaning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Tomonlar iqtisodiy sohadagi munosabatlarga muhim ahamiyat berishmoqda. Savdo va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha imzolangan hukumatlararo bitimga muvofiq, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdoda eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi belgilangan. Bunda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish, jumladan, investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbati davomida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning aniq yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Umuman, u ta’kidlaganidek, bugungi kunda O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari ikki tomonlama yuksak darajadagi hamkorlik bilan ajralib turadi va o'zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun ulkan salohiyatga ega.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati