• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: MAMLAKATNING MUDOFAA QOBILIYATINI MUSTAHKAMLASH, QUROLLI KUCHLARNING JANGOVAR QUDRATINI OSHIRISH YO‘NALISHIDA


2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo'nalishlari bo‘yicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar qudratini oshirish yo‘nalishida

–  davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish maqsadida Mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturi hamda Xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish tizimini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi;

– 2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa sanoat kompleksini rivojlantirish dasturining loyihasi va uni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara nazorati sifatini oshirish bo'yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

– mamlakat hududi himoyasining vazifalarini hal etishda kuch tuzilmalari bo‘linmalarining yaqin hamkorligini ta'minlash maqsadida jangovar tayyorgarlik tadbirlari jadalligi o‘rtacha 1,5-2 baravarga oshdi, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari bilan 73 dan ortiq birgalikdagi taktik, operativ miqyosdagi turli o‘quvlar va tadbirlar o'tkazildi;

– Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar va kundalik faoliyatini boshqarish markazi, Markaziy harbiy okrugi situatsion markazi, boshqa harbiy okrug va qo‘shilmalarning qo‘mondonlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini har tomonlama takomillashtirish borasida

 – aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘inga qarshi kurashishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish

va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etildi;

– aholi barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tartibini takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi;

– Vazirlar Mahkamasining radiatsiya avariyalarini prognoz qilish, aniqlash

va tezkor harakat qilish bo'yicha yagona davlat tizimini takomillashtirish to'g'risidagi qarori loyihasi tayyorlandi;

Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida

– jamoatchilik va fuqaro xavfsizligini ta'minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni o'tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi;

– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Bosh prokurori va Milliy gvardiya qo‘mondoni respublika hududlarida jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta'minlash uchun biriktirildi;

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida

«Global Terrorism Index – 2019» reytingida terrorizm xavfi darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 2018-yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini uch pog‘onaga oshirdi va 2019-yilda 132-o‘rindan 135-o‘ringa ko‘tarilib, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida qoldi.

Reytingdan dunyoning 160 mamlakati terrorizmning xavflilik darajasi bo‘yicha o‘rin olgan. Shuningdek, eng xavfsiz davlatlar qatorida Turkmaniston va Belorussiya (138-o‘rin) tan olingan. Estoniya 123-o‘rinni, Latviya 117, Litva 107, Ozarbayjon 103, Gruziya 90, Qirg‘iziston 87, Qozog‘iston 85, Tojikiston 50-o‘rinni egallamoqda. Rossiya Federatsiyasi esa terroristik xavf bo‘yicha 4,9 ballni qayd etib, reytingning 37-o‘rnini to‘ldirib turibdi.