• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: OROLBOʻYI MINTAQASI LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN 6,1 MLN YEVRO VA 3,2 MLN AQSH DOLLARI AJRATILDI


2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining X
avfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  Ekologik xavfsizlikni taʼminlash

– 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi;

– 2019-2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotiga oʻtish strategiyasi qabul qilindi;

– Oʻzbekiston Respublikasida ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi;

– 2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini qabul qilindi.

  Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondiga asos solindi

– BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondiga asos solinishi Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirildi;

– 2019-yil 24-25-oktabr kunlari Nukus va Moʻynoq shaxarlarida BMT shafeligida “Orolboʻyi – ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” Halqaro konferensiya oʻtkazildi;

– Bugungi kunga kelib jamgʻarma Orolboʻyi hududida loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni oʻrnatdi. Norvegiya 1,1 mln yevro ajratdi, Yevropa Ittifoqi tomonidan 5 mln yevro berilishi maʼlum qilindi;

– Bundan tashqari, Davlat rahbarining 2019-yilning dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi natijasi oʻlaroq, kunchiqar mamlakat Orolboʻyi hududida loyihalarni amalga oshirish uchun 3,2 mln AQSH dollari miqdori mablagʻ ajratdi.