• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: YIRIK LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH NATIJASIDA 266,3 MING ISH OʻRNI YARATILDI


2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishining Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish sohasida 2019-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  • 2020-yil uchun aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish davlat buyurtmasini ishlab chiqish;
  • Milliy professional standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • “Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish;
  • Mavjud muammolarni oʻrganib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish;
  • Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni reintegratsiya qilish boʻyicha markazlar tashkil etish belgilandi.

– Davlat rahbari qarori bilan yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi mexanizmi tasdiqlandi. Unda 2019-yilda 370 ming yangi ish oʻrinlari tashkil etish belgilangan. 2019-yilning 6 oyida respublika boʻyicha 137,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi (prognoz – 118,2 foizga bajarildi);

– Yirik loyihalarni amalga oshirish natijasida 266,3 ming ish oʻrni yaratildi (prognozga nisbatan – 119,8 foiz);

– Ishsizlik darajasi respublika koʻrsatkichidan (9,1 foizdan) yuqori boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida (9,3 foiz) 15,6 ming, Andijon viloyatida (9,3 foiz) 24,4 ming, Qashqadaryoda (9,4 foiz) 22,0 ming, Jizzaxda (9,3 foiz), 13,4 ming, Samarqandda (9,3 foiz) 27,6 ming, Fargʻona viloyatida (9,4 foiz) 32,2 ming ish oʻrinlari tashkil etildi.

– Iqtisodiyot tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga 27,6 ming, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan loyihalar hisobiga 129,0 ming, faoliyat koʻrsatmayotgan obyektlar negizida 11,5 ming, davlat byudjeti va davlat-xususiy sheriklik asosida ishga tushgan ijtimoiy obyektlarda 12,1 ming, hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 19,7 ming, kredit berish hamda jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobiga 66,4 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi.

– “Har bir oila-tadbirkor”, “Yoshlar-kelajagimiz” dasturlari doirasida 252,7 mingdan ortiq aholi tadbirkorlikka jalb etildi;

Shuningdek, 216,8 ming ishsiz aholi vaqtinchalik haq toʻlanadigan jamoat ishlariga, shu jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga jalb qilindi.

– 267,5 ming aholi doimiy boʻsh (vakant) va band qilingan (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashishiga koʻmaklashildi (oʻtgan yilga nisbatan 1,4 baravarga oshgan). 

– 30,6 ming ishsiz shaxs mehnat bozorida yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitildi (oʻtgan yilga nisbatan 2,3 baravarga oshgan).

– Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi;

– Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida” Qonuni qabul qilindi;

– Mehnat bozorida aholi bandligiga koʻmaklashishning yangicha uslubi hisoblangan subsidiya va grant berish tartibi joriy etildi. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 8,2 mlrd soʻm subsidiyalar berilgan hamda 9,1 ming ishsiz aholining bandligi taʼminlandi.

Jumladan:

2 528 ta shaxsni tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun 584,6 mln soʻm;

254 ta ish beruvchilarga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun belgilangan kvotadan ortiq 705 nafar shaxsni ishga qabul qilganligi uchun 522,6 mln soʻm;

262 ta ish beruvchilarga 2 447 nafar xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun 2 312,0 mln soʻm;

3 401 nafar shaxsga yengil konstruksiyali issiqxona oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun 4 791,5 mln soʻm moliyalashtirib berildi.

– Nodavlat notijorat taʼlim muassasalariga 250 mln soʻm ajratilgan grant mablagʻalariga evaziga 246 nafar ishsiz aholi, ayniqsa kam taʼminlangan oilalardagi qizlar va ayollar kasbga oʻqitilmoqda.

– ilk marotaba ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtish va shaxsiy tomorqa yerlarini rivojlantirish uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etildi hamda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 1,3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi, 1,5 ming fuqaro bandligi taʼminlandi;

– mehnat organlari yoʻllanmasi bilan kasbga oʻqitilganlar soni oʻtgan yil shu davriga nisbatan 2,3 baravarga oshdi (8,6 mingdan 20 mingga), mazkur maqsadlarga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan salkam 10 mlrd. soʻm sarflandi;

– bugungi kungacha 84 ta yuridik shaxs xususiy bandlik agentligi sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan 61 tasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olgan;

– 2019-yilning oʻtgan 9 oyida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan 595,7 ming shaxslarga xizmatlar koʻrsatildi (oʻtgan yilga nisbatan 1,2 baravarga oshgan). Shuningdek, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 48 ming ishsiz deb eʼtirof etilib, ishsizlik nafaqasi tayinlangan shaxslarga 15,4 mlrd soʻm miqdorda ijtimoiy yordam koʻrsatildi (oʻtgan yilga nisbatan 4,5 baravarga oshgan).