Ma'lumki, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.
Loyiha “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2020.strategy.uz va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali www.regulation.gov.uz saytlariga joylashtirildi va joriy yil 11-fevraldan 20-fevralga qadar umumxalq muhokamasi o‘tkazildi.
Ushbu jarayonda yuqoridagi elektron resurslarga Davlat dasturi loyihasi yuzasidan jami 3 162 ta taklif kelib tushdi. Xususan:
Davlat dasturi loyihasining umumiy mazmuni bo‘yicha – 363 ta;
davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha – 765 ta;
qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishi bo‘yicha – 586 ta;
iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiya jalb etish yo‘nalishi bo‘yicha – 542 ta;
ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha – 815 ta;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish yo‘nalishi bo'yicha – 91 ta taklif-mulohazalar bildirildi.
Muhokamalar nafaqat onlayn tarzda, balki mutaxassislar, ekspertlar, davlat va nodavlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, jamoalar va faollar ishtirokida turli formatlarda ham o‘tkazib borildi.
Muhokamalardan keng ommaning xabardorligini oshirish, bu borada sifat va samaradorlikni ta'minlash maqsadida bosma va elektron OAV ham bu jarayonga keng jalb etildi.
Jumladan, respublika teleradiokanallarida Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jami 131 ta material efirga uzatilgan bo‘lsa, ularning 35 tasi respublika hamda hududiy telekanallar, 96 tasi radiokanallar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tele va radio kanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlarda bevosita muloqotlar tashkil etilib, ularda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif-tavsiyalar ekspertlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Asosli, deb topilgan takliflar inobatga olindi.
Shuningdek, Internet OAV, gazeta-jurnallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan jami 1 139 ta material e'lon qilindi.
O‘z navbatida, “uz” milliy domeni hamda xorijiy domenlarda joylashgan 67 ta veb-saytda mavzu yuzasidan umumiy hisobda 151 ta material joylashtirilgani kuzatildi. Ushbu materiallarga axborot foydalanuvchilari tomonidan jami 694 ta izoh qoldirilgan bo‘lib, ularning 616 tasida Davlat dasturi loyihasi qo‘llab-quvvatlangan, 78 tasida esa ma'qullanmagan.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yuqoridagi Davlat dasturi loyihasining yoritilishi bo‘yicha umumiy hisobda 400 ta post (material) joylashtirilgan bo‘lib, ularga 4 506 ta izoh qoldirilgan.
Telegram mobil messenjerining o‘zbek auditoriyasi uchun yo‘naltirilgan kanallarida mavzu bo‘yicha jami 452 ta post (material) e'lon qilingan va ular 7 404 378 marotaba ko‘rilgan.
Jamoatchilik muhokamasida fuqarolar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan takliflarning aksariyati loyihada belgilangan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga va rivojlantirishga qaratilgan.
Umumxalq muhokamasi keng jamoatchilik tomonidan qiziqish bilan qarshi olinganini va faol munosabat bildirilganini, aksariyat fuqarolar tomonidan qo'llab-quvvatlanganini qayd etish lozim.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati