

Davlat dasturi loyihasi 2020-yil 11-20-fevral kunlari jamoatchilik muhokamasi uchun 2020.strategy.uz va regulation.gov.uz veb-portallariga joylashtirilgan edi.
Muhokama jarayonida aholidan 3 162 ta taklif kelib tushdi.
Takliflar boʻyicha oʻtkazilgan muhokamalar yakuniga koʻra, loyihaga jami 62 ta konseptual va 30 dan ortiq tahririy oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Misol uchun:
✓ “Mening fikrim” veb-portalida tashabbuslarni koʻrib chiqish, qabul qilish va rad etish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash;
✓ sudyalarni rotatsiya qilishning aniq va shaffof mexanizmini joriy etish;
✓ tashqi qarzlarni olish va uni maqsadli sarflash jarayonida Oliy Majlis palatalarining rolini kuchaytirish;
✓ “yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlashda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish;
✓ kambagʻallikni aniqlash mezonlarini ishlab chiqishda mahalliy deputatlarning ishtirokini kengaytirish;
✓ “Kitob kuni”ni belgilash va shu kunda respublika boʻylab ommaviy ijtimoiy tadbirlar oʻtkazish;
✓ talabalar turar joylarini qurishni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;
✓ Oʻzbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimini takomillashtirish kabi takliflar Davlat dasturiga kiritildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati