Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Demak, bu yil mamlakat agrar sohasida samaradorlikni keskin oshirish, bu borada barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solish yili bo‘ladi.
Shu o‘rinda, raqamlarga eʼtibor qaratsak, 2020-yil yanvar oyi holatiga O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari soni 92,6 mingtani, qishloq xo‘jaligi korxonalari soni 27,6 mingtani, dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklari soni 5 mln.tadan ortiqni tashkil etmoqda.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 3 foizi qishloq xo‘jaligi korxonalari, 26,9 foizi esa fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng katta ulush esa, dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklariga tegishli – 70,1 foiz.
Yuqoridagilardan hozirgi kunda mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish aynan tomorqa egalarining saʼy-harakatlariga bog‘liq, degan xulosaga kelish mumkin.
O‘z navbatida, tomorqa yer uchastkalari orqali mahsulotlarni yetishtirishda ayrim muammolar mavjud ekanini taʼkidlash joiz.
Birinchidan, karantin rejimi tufayli tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar mahsulotlarini sotish imkoniyatlari cheklanib qolmoqda. Bunga sabab, avvalambor, (tuman, shahar, aholi zich joylashgan) markazlardagi ulgurji dehqon bozorlariga yetkazib borishdagi muammolar (avtomobillar harakati cheklangani) sababli, keyingisi esa isteʼmolchilarning bozorda emasligi yoki mahsulotlarning chakana savdosi ishtirokchilarining kamligidir.
Ikkinchidan, tomorqa yer uchastkalari orqali mahsulot yetishtiruvchilarning integrallashmagani mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligi pastligiga sabab bo‘lmoqda. Natijada mazkur yerlardan unumli foydalanilmasligi yoki umuman foydalanilmasligiga olib kelmoqda.
Mazkur muammolarni hal etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
Birinchidan, barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanlarda qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlariga (dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik) moslashgan va markazlashgan shirkat (kooperativ)lar tashkil etish.
Ikkinchidan, mazkur shirkatlar o‘z yo‘nalishiga qarab tomorqa yer egalarini o‘zida birlashtiradi, urug‘liklar, o‘g‘itlar, chorva uchun yem-xashak va hokazolarni yetkazib beradi va hosilni ham markazlashgan holda o‘zi sotib olib, isteʼmolchilarga yetkazadi.
Uchinchidan, mazkur shirkatlarni tashkil etishni yirik supermarketlar, yetkazib berish xizmati (dostavka) bilan shug‘ullanuvchi yirik tadbirkorlik subyektlariga turli rag‘batlantiruvchi imtiyozlar taqdim etish orqali taklif etish mumkin.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 70 foizi aynan tomorqa yer egalari tomonidan ishlab chiqarilishini hamda kam daromadli aholining ko‘p qismi qishloq joyda istiqomat qilishini hisobga olgan holda, mazkur choralarni amalga oshirish orqali ularning bandligini taʼminlash va daromadlarini ko‘payishiga imkoniyat yaratish mumkin.
Prezidentimiz tomonidan videoselektor yig‘ilishida bu va shu kabi boshqa muammolarni hal etish yuzasidan aniq maqsadlarga qaratilgan va manzilli chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgani esa, nafaqat oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojni taʼminlash, balki eksport salohiyatining ortishi, koronavirus pandemiyasi oqibati bo‘lgan iqtisodiy inqiroz taʼsirini yumshatishda ham muhim omil bo‘lishi tabiiy.
Zohidjon ZARIFOV,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
loyiha koordinatori