Uilyam Seyts,
Jahon bankining Markaziy Osiyo
bo‘yicha qashshoqlik va tenglik masalalari
bo‘yicha katta iqtisodchisi
- O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda ro‘yxatga olish tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Bu g‘oyatda yaxshi xabar! Ro‘yxatga olish tizimi odamlarning mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishiga tuskinlik kilishi mamlakat aholisini uzoq yillar davomida tashvishga solib kelayotgan edi.
Ushbu ulkan islohotning mamlakatda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Xususan, islohot tizimda ro‘yxatga olishni osonlashtirish, doimiy ro‘yxatga qo‘yilmagan hududdan uy-joy sotib olish, fuqaroning o‘zi bilan ro‘yxatga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatni olib yurmasligi kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi, shuningdek, hokimiyat tomonidan fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tmagan hududlardan jismonan ko‘chirishni cheklaydi.
Bu olamshumul o‘zgarishlarning barchasi eski tizimni takomillashtirishga qaratilgan. Ro‘yxatga olish tizimini isloh qilish jarayoni aloxida eʼtiborga sazovor. Ro‘yxatga olish borasidagi barcha takliflar onlayn tarzda eʼlon qilindi va mazkur islohotning barcha afzalliklari va kamchiliklari keng muhokama qilindi. Farmonda muhokama jarayonida o‘rtaga tashlangan takliflarning aksariyati aniq tarzda o‘z aksini topdi. Amalga oshirilayotgan jarayonlarni olqishlaymiz. Jahon banki va boshqa tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan takliflar ham inobatga olinganidan g‘oyatda mamnunmiz.
Yuqorida taʼkidlab o‘tilgan o‘zgarishlar, mamlakat tanlagan yo‘ldagi eng ulkan qadam bo‘lsa-da, lekin bu so‘nggi harakat emas, deya Farmonning avvalida eʼtirof etilgani bizni ilxomlantiradi. Biz ushbu Farmonga kiritilmagan qo‘shimcha islohotlarning muhokamasini davom ettirilishiga va keyingi bosqichlarda ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz.
Xususan, biz vaqtinchalik va doimiy ro‘yxatga olish o‘rtasidagi farqlardan voz kechish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning ko‘rib chiqilishidan ham umidvormiz. Bu, o‘z navbatida fuqaroning respublikaning istalgan hududida hech qanday cheklovlarsiz ro‘yxatdan o‘tishiga imkon beradi.”